MIMORAM AI haqida
Design Your Dream Space with AI.
MIMORAM AI — interyer dizayni platformasi. U kvartira yoki uy planining rasmidan real o‘lchamli 3D xona yasaydi: xonani katalogdagi mebel va buyumlar bilan bezaysiz, ichida yurasiz va jami narxni oldindan bilasiz. Hammasi brauzerda — telefonda ham, kompyuterda ham; interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida. Hozir erta kirish bosqichida.
Kim uchun
Uy egalari va ijarachilar
Xonangizni o‘z planingizdan ko‘rasiz, mebel sig‘adimi — sotib olishdan oldin sinab ko‘rasiz, narx bezash bilan birga yig‘iladi.
Dizayner, me’mor, quruvchi
Mijozga xonani chizmadan emas, ichidan ko‘rsatasiz — katalog va har bir buyum narxi bilan.
Mebel ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar
Mahsulotingiz xaridorning o‘z xonasida turadi — o‘lchami va narxi bilan. Sotuvchi paneli: app.mimoram.uz
Eshik sotuvchilari
Eshik mahsulotlari va brend profili uchun alohida sotuvchi paneli: door.mimoram.uz
Qanday ishlaydi
Planni yuklang. Chizma yoki telefondagi surat — 50 MB gacha.
Xonalarni tekshiring. MIMORAM xona konturlarini o‘zi topadi. Keraklisini qoldirasiz, masshtabni bitta devor bilan berasiz, devor balandligini yozasiz.
3D xonada yuring. Devorlar real o‘lchamda ko‘tariladi, eshik va oynalar chizmadagi joyida. Ichida birinchi shaxs bo‘lib yurasiz.
Bezang, narxini ko‘ring, buyurtma bering. Katalogdan mahsulot qo‘yasiz — har birining o‘lchami va narxi bor, jami savatda. Erta kirishda buyurtma MIMORAM jamoasi orqali.
Jamoa
Madinaxon Ilhomova
Asoschi, bosh ijrochi direktor (CEO)
Muhammadamin Pulatov
Hammuassis, texnik direktor (CTO)
Aloqa
Savol, taklif yoki hamkorlik bo‘yicha yozing: